Har bir muvaffaqiyatli loyiha ortida bir nechta muvaffaqiyatsizlik yotadi. Men ularni yashirmayman.
Bu sahifa — shaffoflik haqida. Hamma muvaffaqiyatlarini ko'rsatadi, men xatolarimni ham ko'rsataman. Chunki xatolardan o'rganish — eng yaxshi ta'lim.
2016
Muvaffaqiyatsiz
Birinchi "startup" — O'zbek Uber
Taksi ilovasi yaratmoqchi bo'ldim. 3 oy kod yozdim. Keyin angladim — bozorni o'rganmagan ekanman. Hech kim ishlatmadi.
Avval bozorni o'rgan, keyin kod yoz. MVP dan boshlash kerak edi.
2017
Rad etildi
Xorijiy kompaniyaga ariza — 5 marta rad
Xorijiy IT kompaniyalarga 5 marta ariza yubordim. Hammasi rad. Ingliz tili zaif, portfolio kuchsiz edi.
Ingliz tilini jiddiy o'rganish va portfolio ni kuchaytirish kerak edi. Hozir ikkalasi ham yaxshi.
2018
Xato
Mijoz bilan shartnoma imzolashni unutdim
Katta loyiha. Og'zaki kelishuv. Loyiha tugagach mijoz to'lovni kechiktirdi. 2 oy kutdim.
Har doim yozma shartnoma. Hech qachon og'zaki kelishuv bilan ishlamaslik.
2019
Muvaffaqiyatsiz
Online kurs platformasi — 6 oy ishladi, yopildi
Birinchi online kurs platformasini yaratdim. 6 oy ishladi. Texnik muammolar va marketing yo'qligi sababli yopildi.
Texnik yechim yetarli emas. Marketing va community muhimroq. 2022-da to'g'ri qildim.
2020
Xato
Juda ko'p loyiha — hech birini tugatamaslik
Bir vaqtda 7 ta loyiha boshladim. Hech birini tugataolmadim. Vaqt va energiya tarqalib ketdi.
Focus — eng muhim narsa. Bir vaqtda 1-2 ta loyiha. Tugatamasdan yangi boshlama.
2021
Rad etildi
Grant uchun ariza — rad etildi
IT ta'lim loyihasi uchun grant arizasi yubordim. Rad etildi. Sabab: loyiha tavsifi noaniq edi.
Grant arizasini yozish — alohida mahorat. Aniq raqamlar, aniq maqsadlar, aniq natijalar kerak.
2022
Xato
Narxni juda past qo'yish
Katta korporativ loyiha uchun narxni past qo'ydim. 3 oy ishlash kerak bo'ldi. Daromad minimal edi.
O'z vaqtingizni qadrlang. Narxni past qo'yish — sifatni past ko'rsatadi. Hozir to'g'ri narx qo'yaman.
2023
Muvaffaqiyatsiz
SaaS mahsulot — 4 oy, 0 foydalanuvchi
AI asosida SaaS yaratdim. 4 oy ishladim. Chiqardim. 0 to'lovchi foydalanuvchi. Bozor tahlili noto'g'ri edi.
Mahsulot chiqarishdan oldin 10 ta potensial mijoz bilan gaplash. Ular to'laydi desa — boshlash mumkin.
2024
Xato
Delegatsiya qilmaslik — hamma narsani o'zim qilish
Katta loyihada hamma narsani o'zim qilmoqchi bo'ldim. Natijada kechikish va sifat pasayishi.
Delegatsiya — kuch belgisi, zaiflik emas. To'g'ri odamlarga to'g'ri vazifalar berish kerak.